Yangiliklar
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tafsilotlar
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Jasorat” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Trust Standart” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasiga qarashli chiqindi yig‘ish shoxobchasi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur ishlar hududning sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni tartibli yig‘ish va atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Aholi uchun yanada qulay, toza va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida korxona tomonidan izchil va samarali amaliy ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
Shuningdek, bu kabi tashabbuslar hududda ekologik madaniyatni oshirish, fuqarolarni tozalik va tartibga rioya qilishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.