Yangiliklar
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tafsilotlar
Maxsus chiqindi yig‘ish shahobchalari muntazam dezinfeksiya qilinmoqda
Maxsus chiqindi yig‘ish shahobchalari muntazam dezinfeksiya qilinmoqda
Aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida “Trust Standart” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi tomonidan maxsus chiqindi yig‘ish shahobchalari muntazam ravishda dezinfeksiya qilinmoqda.
Korxona tomonidan har oyda ikki marotaba maxsus chiqindi yig‘ish punktlarida dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Bu jarayon turli yuqumli kasalliklarning tarqalishi va noxush sanitariya holatlarining yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qiladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chiqindilarni yig‘ish va saqlash joylarining toza hamda sanitariya talablariga mos holda saqlanishi atrof-muhit va aholi salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega. Muntazam dezinfeksiya ishlari natijasida maxsus shahobchalarga chiqindi tashlash uchun kelayotgan fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar bartaraf etilmoqda.
Shu tariqa, “Trust Standart” MChJ QK tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar hududlarda ekologik va sanitariya xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.


