Yangiliklar
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tafsilotlar
“Trust Standart” kompaniyasida xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
“Trust Standart” kompaniyasida xizmat sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
“Trust Standart” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi direktori Ruziyeva Dildora Yunusovna Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida faoliyat yuritayotgan hududiy xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur yig‘ilish davomida shaharda amalga oshirilayotgan ishlar, kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xodimlar tomonidan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va amaliy takliflar bildirildi.
Uchrashuvda ayniqsa shahar hududlarida tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, aholining murojaatlariga tezkor javob berish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Taklif etilgan g‘oyalar asosida kelgusida xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Direktor Ruziyeva Dildora Yunusovna o‘z nutqida aholining roziligi va ishonchini qozonish kompaniya faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u shahar ozodaligini saqlash, ekologik madaniyatni oshirish va har bir xodimning mas’uliyat bilan ishlashi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Yig‘ilish yakunida xodimlarga o‘z vazifalarini sidqidildan bajarish, aholiga yanada yaqin bo‘lish va xizmat ko‘rsatishda sifat hamda tezkorlikni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.


