Yangiliklar
- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- Tafsilotlar
Chiqindi xizmatlari sifati yanada yaxshilanmoqda
Chiqindi xizmatlari sifati yanada yaxshilanmoqda
“Trust Standart” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi tomonidan aholi hamda yuridik tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasidan 120 dona zamonaviy maxsus chiqindi konteynerlari olib kelindi.
Mazkur konteynerlar Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumani hududidagi markaziy hamda gavjum ko‘chalarga bosqichma-bosqich o‘rnatildi. Ular chiqindilarni to‘g‘ri va tartibli yig‘ish, shuningdek, sanitariya holatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan yuridik tashkilotlar hududlariga ham yangi konteynerlarni o‘rnatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.


